Yerni magnit bo'roni qopladi

    Yerda o'rtacha kuchga ega magnit bo'roni boshlandi, dedi “Fobos” ob-havo markazining yetakchi mutaxassisi Mixail Leus o'zining Telegram-kanalida.

    “Aslida, ertalab soat uchdan keyin Yerda G2 sinfidagi o'rtacha magnit bo'roni boshlandi – bu magnit bo'ronlari intensivligi beshta darajasining ikkinchisidir”, deb yozadi sinoptik.

    Uning qayd etishicha, bu magnit bo'roni qisqa vaqt davom etishi mumkin va uning intensivligi oshib ketmaydi, deb xabar beradi ria.ru.