Bu haqda AOKAda kadastr agentligi yer va kadastr nazoratchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, sohadagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan tadbirda aytib oʻtildi.

Aytilishicha, agentlik organlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar asosida 11 228 ta holatda 3 050,5 gektar (46%) maydondagi qonunbuzilishlarni ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.

Oʻzboshimchalik bilan egallangan maydonlarni qaytarish, noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida sudlarga 11 637 ta yoki 1 456,5 gektar (2022-yilda 2 757 ta yoki 427,2 gektar) daʼvo arizalari kiritilgan.