Bu haqda ISNA axborot agentligi general, quruqlikdagi qo'shinlar qo'mondoni o'rinbosari Nozar Ne'matiga tayanib xabar berdi.
“Chegarada 10 kilometrdan ortiq masofada devor qurilgan, yana 50 kilometri qurib bitkazilishi kerak”, dedi u.
Eron va Afg'oniston o'rtasidagi umumiy chegara 900 kilometrdan ortiq bo'lib, qochqinlar guruhlari doimiy ravishda undan o'tib ketishadi. Afg'onistonlik muhojirlar oqimi 2021-yil avgustida AQSh qo'shinlari olib chiqib ketilganidan so'ng, “Tolibon” Afg'oniston ustidan nazoratni qayta qo'lga kiritganidan keyin ortdi.
Tehron afg'on muhojirlari soni bo'yicha rasmiy raqamlarni keltirmadi, biroq parlament a'zosi Abolfazl Torabi ularning sonini 6 milliondan 7 milliongacha deb hisobladi. Hukumat so'nggi paytlarda “noqonuniy” qochqinlarga nisbatan bosimni kuchaytirib, muntazam ravishda sharqiy chegaradan chiqarib yuborilganini e'lon qildi, deb xabar beradi eadaily.com.
“Chegarani to'sib qo'yish orqali biz mamlakatga kirish va chiqishni nazorat qilmoqchimiz va chegara hududlarida xavfsizlikni kuchaytirmoqchimiz”, dedi Ne'mati.