Eron bilan transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichlarda rivojlantiriladi

    Transport 20 Sentabr 2024 412

    Joriy yil 19-sentyabrda Transport vaziri Ilhom Maxkamov Eronning Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi raisi Samad Hasanzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

    Ikki davlat elchilari hamrohligida oʻtkazilgan uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdilar.

    Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish, tashuvlarda undiriladigan yigʻim va toʻlovlarni paritet asosida belgilash, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.