Eron bilan turizm sohasida hamkorlik kengaytiriladi

    Turizm 6 Oktabr 2024 471

    Turizm qoʻmitasida Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri oʻrinbosari Maryam Jaloli Dehkordi bilan muzokaralar chogʻida sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

    Eron tomoniga oxirgi yillarda mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalari yetkazildi. Davlatlar oʻrtasida turli, jumladan, ziyorat, hunarmandchilik, taʼlim yoʻnalishlari, orqali turistik oqimlarini kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor berildi.

    Mamlakatlarda oʻtkaziladigan turizm tadbirlarida ishtirok etish, press va infoturlar turlar tashkil qilish, turizm sohasida kadrlar masalasini oshirish va qator masalalarda atroflicha fikr almashildi. Barcha yoʻnalishlar va jihatlarni oʻzida qamragan turizm sohasida hamkorlik boʻyicha anglashuv memorandumini birgalikda ishlab chiqish borasida kelishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.