Bu haqda Mehr nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, RGB kameralari bilan jihozlangan Kowsar sun'iy yo'ldoshining og'irligi 30 kilogramm. Rangli suratga olish masofasi 15 kilometr, suratga olish tezligi soniyasiga 6 kadr. Sun'iy yo'ldosh tasvirlari qishloq xo'jaligi, xaritalash va geodeziyada foydalanish uchun mos keladi. Sun'iy yo'ldoshning ishlash muddati taxminan uch yil.
Hodhod sun'iy yo'ldoshining og'irligi 4 kilogramm, xizmat muddati taxminan to'rt yil. Uning ma'lumotlaridan qishloq xo'jaligi, transport, logistika va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ham foydalanish mumkin. Hodhodning afzalligi chekka hududlarni, jumladan o'rmonlar va tog'larga tor polosali Interneti (IoT) xizmatlarini taqdim etadi, deb xabar beradi report.az.