Eron Chamran-1 sun'iy yo'ldoshi uchirilganini e'lon qildi

    Eron Chamran-1 tadqiqot sun'iy yo'ldoshini Gaem-100 raketa-tashuvchisi yordamida uchirdi.

    IRNA agentligining 14-sentabr, shanba kuni xabar berishicha, fazoviy kema 550 kilometr balandlikdagi orbitaga chiqdi.

    Ta'kidlanishicha, taxminan 60 kilogramm og'irlikdagi sun'iy yo'ldosh Eron elektron sanoati tomonidan Eron Aerokosmik instituti va ilmiy asoslangan xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

    “Uning asosiy vazifasi orbitada balandlik va fazali manevr texnologiyasini tekshirish uchun apparat va dasturiy ta'minot tizimlarini sinovdan o'tkazishdan iborat”, deyiladi xabarda.

    Orbitadagi sun'iy yo'ldoshdan allqachon birinchi signal olindi.

    Joriy yilning yanvar oyi boshida Eron bir vaqtning o'zida birinchi marta orbitaga uchta fazoviy kemani – Mahda deb nomlangan yengil sun'iy yo'ldosh va ikkita nanosun'iy yo'ldoshni olib chiqqan edi.

    O'sha oyda Eron o'zining Soraya sun'iy yo'ldoshini uchirdi. U orbitaga uch bosqichli qattiq yoqilg'ida ishlaydigan Qaem-100 raketa-tashuvchisi vositasida fazoga olib chiqilgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.