Eron elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunladi

    Xalqaro hamkorlik 2 Sentabr 2023 1725

    Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy mamlakatdagi faoliyatini yakunlamoqda.

    O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov u bilan uchrashib, keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

    «Janob Elchining munosabatlarini har tomonlama faollashtirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», dedi vazir.