Bu haqda Mehr agentligi mamlakat parlamenti spikeri o'rinbosari Hamid Rizo Hoji Bobaiyga tayanib xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, hukumat qarori avvalroq MAGATE kuzatuvchi obyektlarda amalga oshirilgan videokuzatuvga ham tegishli.
“Eron endi Grossiga o'zining yadroviy obyektlariga kirishiga ruxsat bermaydi va u yerga videokuzatuv kameralarini o'rnatishga ruxsat bermaydi”, dedi nashr manbasi.
Rasmiylar Isroil hukumati hujjatlarida Eron yadro sanoatining ahvoli haqidagi ma'lumotlarni topgach, shunday qarorga kelgan.
Avvalroq MAGATE bosh direktori Rafael Grossi tashkilot Eron hududida tekshiruvlarni imkon qadar tezroq qayta tiklash tarafdori ekanini aytgan edi, deb xabar beradi lenta.ru.









