Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo hujumidan mudofaa tizimlarini yangiladi

    Eron Qurolli kuchlari iyun oyida Isroil hujumlarida shikastlangan barcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini almashtirdi.

    Bu haqda Eron armiyasi operatsiyalari qo'mondoni Mahmud Musaviy ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Dushman Eronning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini yo'q qilishga urindi va bu urush davomida havo hujumidan mudofaa tizimlarimizning bir qismi shikastlandi. Ammo quroldoshlarimning sa'y-harakatlari tufayli shikastlangan tizimlar (yangilari bilan) almashtirildi, oldindan tanlangan joylarga o'rnatildi”, deya qo'mondon so'zlaridan iqtibos keltiradi IRNA agentligi.

    Musaviy ta'kidlaganidek, yangi tizimlarning ishlash hududi Eronning butun hududini qamrab olgani bois mamlakat havo hududi respublika havo hujumidan mudofaa kuchlarining to'liq himoyasida.