Bu fikrni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Sky News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
“Men [Trampga] boshqacha narsani taklif qilaman. Falastinliklar o'rniga isroilliklarni G'azo sektoridan chiqarib yuborish kerakligi haqida o'ylash kerak. Ularni Grenlandiyaga yuboring, shundan so'ng birdaniga ikki ish bajariladi”, dedi diplomat.
26-yanvar kuni Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II bilan g'azoliklarni qo'shni davlatlarga joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilganini aytdi. Suhbat chog'ida Amerika yetakchisi Iordaniya va Misr Isroilning Falastinning HAMAS radikal harakatiga qarshi urushi gumanitar inqirozga olib kelgan G'azodan ko'proq falastinliklarni olib ketishi kerakligini aytdi, deb xabar beradi lenta.ru.