Tashrif doirasida shirkatning faoliyati bilan yaqindan tanishildi va kompaniya direktori Rizo Ganji bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur kompaniya 31-gektar maydonda joylashgan bo‘lib, asosan sitrus mevalarni saqlash va importga mo‘ljallangan hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Asosiy hamkorlari Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari hisoblanadi. Kompaniya bir yilda 4 million tonna sitrus mevalarini xorijga eksport qiladi.
Muloqot chog‘ida, kompaniya rahbariyatiga O‘zbekistonning salohiyati haqida ma’lumot berilib, mamlakatimizga sarmoya kiritish hamda ushbu logistika markazi loyihasini amalga oshirish taklifi taqdim etildi.
Eron tomoni O‘zbekiston bilan sitrus mevalari, shu jumladan, kivi, limon, apelsin va mandarin mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qadoqlash hamda eksportga tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.