Eron MAGATE rezolyutsiyasiga javoban minglab ilg'or sentrifugalarni ishga tushirdi

    Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslamiy respublika atom sanoatini rivojlantirish doirasida gaz yetkazib berish jarayoni boshlanganini ta'kidladi.

    Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) boshqaruvchilar kengashining 21-noyabr kuni qabul qilgan tashkilot bilan hamkorlik qilmayotgani uchun Tehron tanqid ostiga olingan rezolyutsiyasiga javoban Eron boyitilgan uran ishlab chiqarish uchun bir necha ming ilg'or gaz tsentrifugalarini ishga tushirdi. Bu haqda Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslamiy ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Biz boshidanoq Yevropaning uchta davlati hamkorlik yo'lidan bormasa va qarama-qarshilikni davom ettirmasa, biz albatta javob choralarini ko'ramiz, deb ma'lum qilgan edik, rezolyutsiya qabul qilingan paytda atom sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida bir necha ming zamonaviy sentrifugalarni gaz bilan ta'minlash jarayonini boshladik”, dedi u hukumat yig'ilishidan keyingi matbuot anjumanida. Jonli efirni SNN telekanali amalga oshirdi.