Bu haqda Uzbekistan Airports maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q7742 reysi (Madina – Toshkent) Madina aeroportiga ortga qaytdi. Shuningdek, ushbu aviakompaniyaning 7Q4442 reysi (Madina – Fargʻona) ham Madina aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi.
Jazeera Airways aviakompaniyasining J9650 reysi (Toshkent – Quvayt) Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 02:01 da uchib chiqqan boʻlsa-da, yana Toshkent xalqaro aeroportiga qaytdi.
Sam Air aviakompaniyasining 9S3303 reysi (Samarqand – Jidda) mahalliy vaqt bilan 02:04 da havoga koʻtarilib, Samarqand aeroportiga ortga qoʻndi.
Fly Khiva aviakompaniyasining 2U7911 reysi (Urganch – Madina) Urganchdan soat 02:17 da uchib chiqib, yana Urganch aeroportiga qaytdi.
Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY336 reysi (Jidda – Toshkent) ham Eron havo hududi yopilgani sababli Jidda aeroportiga qaytishga majbur boʻldi.