Eron Pokiston va Afg'oniston bilan chegarada to'siqlar qurishni boshladi

    Eron hukumati Pokiston va Afg'oniston bilan chegaradosh beshta viloyatda to'siqlar qurishni boshladi.

    Bu haqda brigada generali Ahmad Ali Gudarzi ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, loyihadan ko'zlangan maqsad yonilg'i va tovarlar kontrabandasining oldini olish, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishdan iborat.

    Generalning qo'shimcha qilishicha, loyihani moliyalashtirish kafolatlangan va masala qurilish maydonchalariga zarur jihozlarni yetkazib berishdan iborat, deb xabar beradi report.az.

    Eron hukumati chegarani mustahkamlash uchun jami 3 milliard dollarga yaqin mablag' sarflashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Eron OAVlari.