Bu haqda chorshanba kuni Eron ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.

Eron Prezidenti uch kunlik tashrif davomida Iroq Prezidenti Abdullatif Rashid, Bosh vazir Muhammad Shia as-Sudaniy va parlament raisi Mohsun al-Mandalaviy bilan uchrashib, muzokaralar o'tkazadi.

Tashrif doirasida ko'plab sohalar, jumladan, ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga doir 15 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda, deb xabar beradi trend.az.