Bu haqda IRNA xabar berdi.
“Bugungi kunda haqiqat shundaki, bizda endi boshqa tanlov yo'q, poytaxtni ko'chirish – bu zaruratdir”, dedi u.
Davlat rahbarining so'zlariga ko'ra, bu suv ta'minoti bilan bog'liq jiddiy muammolarga aloqador bo'lib, ular shahar aholisining ko'payishi bilan birgalikda gumanitar falokatga olib kelishi mumkin.
Mart oyida Eron hukumati to'rtta viloyatda – Razavi Xuroson, Yazd, Isfahon va Tehronda – bu hududlarda yillar davomida qurg'oqchilik tufayli jiddiy suv inqiroziga duch keldi.
Eron hukumati ushbu hududlarda duch kelayotgan asosiy muammo daryolar, botqoqliklar va suv omborlarining qurishi va to'g'onlarning samaradorligining pasayishi bilan bog'liq, deb xabar berdi ria.ru.








