Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'ldi

    Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) seshanba kuni Eronning tashkilotga a'zo bo'lganini rasman e'lon qildi. Hindiston raisligida tashkilotning onlayn tarzda o'tkazilgan 23-sammitida bu borada qaror qabul qilindi.

    Eron tashkilotning to'qqizinchi a'zosi bo'ldi. 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo'lib o'tgan ShHT sammitida eronning tashkilotga a'zo bo'lish majburiyati to'g'risidagi memorandum imzolangan edi.

    ShHT 2001-yil 15-iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab tashkilotga oltita davlat – Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Tojikiston va O'zbekiston a'zo bo'lgan, 2017-yilda Hindiston va Pokiston tashkilotga qo'shilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.