Tomonlar Oʻzbekiston-Eron munosabatlarining bugungi darajasi, turli sohalardagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar masalasiga eʼtibor qaratildi.
Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston va Eronning afgʻon inqirozini hal qilish borasidagi saʼy-harakatlarini, Afgʻonistonda turli infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishga ustuvor ahamiyat qaratdilar.
Eron tomoni Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatishga faol hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.