Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya rahbari va yuqori martabali rasmiylari bilan AQSh va Isroilning Eron Islom Respublikasi hududiga bergan zarbalari bilan bog'liq mintaqaviy va xalqaro masalalar bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkazish niyatida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Eron tashqi ishlar vazirining Moskvaga kelganini tasdiqladi, biroq aynan kimlar bilan uchrashuvlar rejalashtirilganini aytmadi, deb xabar beradi report.az.

“Biz Eron tashqi ishlar vazirining muzokaralar uchun Moskvaga kelganini tasdiqlaymiz”, dedi u.