5-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-Eron muzokaralarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi oʻzaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Tashrif dasturiga binoan Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbarining “Hazrati Imom” majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishi, Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.