Bu AQSh vizalarini olishdagi kechikishlar bilan bog‘liq. Hozircha birorta ham jamoa a’zosiga AQShga kirishga ruxsat berilmagan.
Taj hozirgi vaziyatdan xavotir bildirdi va Eron tomoni yaqin kunlarda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) vakillari bilan uchrashishini e’lon qildi.
Muzokaralar davomida u viza masalasini tezkor hal qilish uchun aniq kafolatlar talab qilmoqchi. Agar muammo hal qilinmasa, Eronning turnirdagi ishtiroki xavf ostida qolishi mumkin.
Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha uchta mamlakatda: AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron Jahon chempionatida G guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan o‘ynaydi. Eron terma jamoasi uchta o‘yinni ham AQShda o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi report.az.