Eron yangi atom elektr stansiyasini qurishni boshladi

    Eron janubida, Hormozgan viloyatida 20 ming MVt quvvatga ega yangi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

    “Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning Hormozgon viloyatiga tashrifi doirasida Sirik shahrida Eron Hormoz atom elektr stansiyasini qurish marosimi boshlandi. Ushbu marosimda Eron vitse-prezidenti va Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslomiy ham hozir bo'lishdi”, deyiladi bayonotda.

    Associated Pressning aniqlik kiritishicha, har biri 5 ming MVt quvvatga ega jami to'rtta energoblok quriladi.

    Loyiha rahbari Nasser Sharifluning aytishicha, loyiha taxminan 20 milliard dollarga tushadi va 4000 ish o'rni yaratiladi. Har bir energiya bloki yiliga 35 tonna yadro yoqilg'isidan foydalanishi kutilmoqda.

    Hozirda Erondagi Busher shahri yaqinida atom elektr stansiyasi ishlayapti. Bu mamlakatda va butun Yaqin Sharqda birinchi bo'ldi. 2011-yilda birinchi energiya bloki birinchi marta tarmoqqa ulangan va 2013-yil iyun oyida undan tijorat maqsadlarida foydalanishga o'tilgan. Ikkinchi blokning qurilishi davom etmoqda va uchinchi energiya blokini qurish bo'yicha shartnoma imzolangan, deb xabar beradi korrespondent.net.