Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazining xabar berishicha, Eronda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.
Zilzila o'chog'i 352 ming aholiga ega Bandar-Abbos shahridan 113 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan. Zilzila o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan.
Vayronagarchiliklar va halok bo'lganlar haqida hozircha ma'lumot yo'q, deb xabar beradi korrespondent.net.