Eronda avtobus ag'darilib ketdi, kamida 10 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Eronning Yazd viloyatida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar tashkiloti rahbari Muhammad Ali Malekzoda ma'lum qildi.

    “Taxminan 02:30 da Busher shahridan Mashhadga ketayotgan yo'lovchi avtobusi Yazd-Tebes avtomobil yo'lining 140-kilometrida ag'darilib ketdi”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Tasnim agentligi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisa oqibatida 10 kishi halok bo'ldi, 41 nafarga yaqin kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Barcha jabrlanganlar Erdekan, Meybod va Yazd shaharlaridagi shifoxonalarga yetkazildi, deb xabar beradi tass.ru.