Eronda gemodializ eritmasidagi alyuminiy tuzlari tufayli 70 nafar bemor hayotdan ko'z yumdi

    Eronda 70 nafar bemor gemodializ eritmalaridagi alyuminiy tuzlari tufayli vafot etdi.

    Bu haqda parlamentning sog'liqni saqlash bo'yicha komissiyasi matbuot kotibi Salmon Esxagiga tayanib, Ozod Eron Telegram-kanali xabar berdi.

    “Avvaliga Mashhad va Isfaxon shaharlarida deyarli 10-12 nafar bemorda sudorogi, keyin koma kabi alomatlar kuzatilgan, buning oqibatida ular hayotdan ko'z yumdi. Bir muncha vaqt o'tgach, qurbonlar soni 50 nafarga, keyin esa 70 nafarga yetgan”, dedi u.

    Uning so'zlariga ko'ra, tergov davomida bunga dori ishlab chiqaruvchi korxonaning e'tiborsizligi sabab bo'lganligi aniqlangan, deb xabar beradi report.az.