Eron Mudofaa vazirining sobiq o'rinbosari, sobiq Britaniya fuqarosi Alirizo Akbariyning ayblovi ustidan berilgan shikoyat rad etilganidan bir necha kun o'tib u josuslikda ayblanib o'lim jazosiga hukm qilindi.
"Akbariy 1997-2005 yillarda prezident bo'lgan Muhammad Xotamiy qo'l ostida xizmat qilgan, keyin hibsga olingan va ozodlikka chiqqanidan keyin Buyuk Britaniyaga ko'chib o'tgan. Sobiq amaldor eronga 2019 yilda mahalliy diplomatning taklifiga binoan atom energetikasi masalalarini muhokama qilish uchun qaytgan. Keyinroq u hibsga olindi va mamlakat rasmiylari uning xorijiy razvedka idoralari bilan hamkorlik qilganini tan olgan videosini chop etishdi", deb yozadi Reuters.