Eron Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sima Sadat Lari mazkur epidemiya tufayli 24 soat ichida 322 kishi hayot bilan vidolashgani, 5 ming 39ta yangi holat qayd etilganini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, ayni paytda oʻlim koʻrsatkichi 31 ming 34, kasallanganlar soni esa 539 ming 670taga yetgan.

4 ming 810 bemorning ahvoli ogʻir, tuzalganlar 434 ming 676 nafarni tashkil qilmoqda.