Eronda zilzila oqibatida kamida 28 kishi jabrlandi

    Eron shimoli-sharqidagi Shimoliy Xuroson viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida 28 kishi jarohatlandi.

    Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, jabrlanganlarning 12 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

    Avvalroq Eron seysmologiya markazi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 16:13 da Bojnurd shahri yaqinida qayd etilganini ma'lum qilgandi. Yer silkinishlari magnitudasi 5,2 ballni tashkil qildi. Zilzila o'chog'i 8 kilometr chuqurlikda joylashgan, deb xabar beradi report.az.