Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, hozirga qadar Eronda boʻlib oʻtayotgan namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi mahalliy vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada boʻlib, mamlakatdagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shu munosabat bilan, TIV Eron hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar gavjum toʻplanadigan joylardan yiroq boʻlishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etishni soʻrab qoldi.
Zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Tehron shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:
+98 21 2229 9780
+98 21 2283 2025