Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Turkmaniston evakuatsiya uchun oʻz hududini taqdim etgan.Mamlakat Erondan kelayotgan chet el fuqarolariga insonparvarlik yordamini koʻrsatgan.
Turkmaniston chegarasini taxminan 120 nafar fuqaro — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlar vakillari — kesib oʻtgan. Ularga transport vositalari, ovqat, mehmonxona va zarur kundalik ehtiyojlar bilan yordam koʻrsatilgan.
Gumanitar yordam doirasida Turkmanistonning tegishli davlat idoralari xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlamoqda, deyiladi xabarda.
Turkmaniston BMT Bosh assambleyasi tomonidan oʻz tashabbusi bilan eʼlon qilingan “Xalqaro tinchlik va ishonch” yilida insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillariga sodiq ekanini taʼkidladi.








