Erondagi prezident saylovida Masʼud Pezeshkiyon gʻalaba qozondi

    Saylov komissiyasi xabar berishicha, 16,4 mln ovoz toʻplagan sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Masʼud Pezeshkiyon gʻalaba qozondi.

    Kecha Eronda boʻlib oʻtgan prezident saylovining ikkinchi turi natijalari eʼlon qilindi. Saylov komissiyasi xabar berishicha, 16,4 mln ovoz toʻplagan sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Masʼud Pezeshkiyon gʻalaba qozondi.

    Uning raqibi — Eron yetakchisining Milliy xavfsizlik boʻyicha oliy kengashdagi vakili, konservator Said Jaliliy 13,5 mln ovoz oldi.

    28-iyun kuni oʻtkazilgan saylovning birinchi turida Pezeshkiyon 44 foiz, Jaliliy 40 foiz ovoz toʻplagandi.