Bugun Eron hududidan Oʻzbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi. Respublika boʻyicha havoning ochiq boʻlishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha koʻtariladi. Respublikaning shimoliy, choʻl zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, yaʼni 33-35 darajani tashkil etadi.

23-24-may kunlari Oʻrta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining koʻtarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va choʻl zonalarida esa 38-40 darajagacha koʻtariladi. Bunday harorat oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori boʻlib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin boʻladi.

Respublikaning shimoli va choʻl zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.