Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali vatanga qaytayotgan fuqarolarimizga yordam berish maqsadida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi mamlakatimizning Eron Islom Respublikasidagi vakolatxonasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralari bilan hamkorlikda yurtdoshlarimizni chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda Vatanga qaytarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
2026-yil 2-martdan fuqarolar va transport vositalari oʻtishi uchun turkman–eron davlat chegarasining “Gaudan–Bajgiran”, “Artik–Lyutfabad”, “Akyayla–Incheburun” va “Oltin Asir–Incheburun” nazorat-oʻtkazish punktlari faoliyati ham qayta tiklandi.
Maʼlum qilinishicha, Elchixona xodimlari mamlakatimiz fuqarolarini Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Gaudan–Bajgiran” nazorat-oʻtkazish punktida kutib olmoqda. Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi avtotransport vositalari safarbar etildi.
Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining telefon raqamlari:
- +993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
- +993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
- +993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul)