40 yil davomida Azad Afrika, Yevropa va Osiyoning 80 ta davlatini kezib, tinchlik-xotirjamlik bilan yashash muhimligi haqida sayyoramizning har bir burchagidagi odamlarga uqtirishga harakat qildi.
U Turkiyaning Mush, Kayseri va Sivas kabi viloyatlarni ham ziyorat qildi.
Velosipedchi Agri viloyatida turk Qizil yarim oy jamiyati idorasida bo'ldi, Tashilchay tumanida esa mahalliy aholi uyida mehmon bo'ldi.
Azad noqulay ob-havo sharoitiga qaramay yo'lida davom etmoqda. Ba'zida harakatlanish qiyin bo'lgan so'qmoqlar va pastliklar bo'ylab yurishiga to'g'ri keladi.
Azadning Turkiyadagi so'nggi bekati Dogubayazit viloyati bo'lib, u yerdan qisqa muddat dam olgach, Eronga yo'l oldi, deb xabar beradi aa.com.tr.