Bunday xulosaga Ispaniyaning Barselona universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlari natijasi asos boʻldi. Olimlar 20 yil davomida 65 yoshdan oshgan 642 nafar koʻngillining hayot tarzini kuzatib borishdi. Ishtirokchilarning ovqatlanishini baholash uchun tadqiqotchilar peshob va qondagi polifenollar, selen, B12 vitamini, yogʻ kislotalari va boshqa moddalar miqdorini oʻlchab borishdi.

Tadqiqot davomida 425 ishtirokchi vafot etdi. Ulardan 139 nafari yurak-qon tomir, 89 nafari saraton kasalligidan hayotdan koʻz yumdi. Bundan tashqari, Oʻrta yer dengizi parheziga qatʼiy rioya qilgan ishtirokchilarda, barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfi past boʻlgan.

Olimlar avvalroq Oʻrta yer dengizi parhezining uzoq umr koʻrish va umumiy salomatlik uchun foydasi haqida maʼlumot berishgan edi. Biroq, oʻshanda bu fikrlar asosan hisobotlarga asoslangan edi. Bu safar esa uning foydasi obyektiv baholandi, deb xabar beryapti Aniq.uz