«Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari koʻra, 2020-yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Tahlillar oʻtgan yilga nisbatan erta nikohlar sonining 97,0 foizga kamayganini koʻrsatdi.
Buning asosiy sabablaridan biri 2019-yil 1-sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish boʻlimlari tomonidan faqat tuman, shahar xokimi tomonidan nikoh yoshini 1 yilga kamaytirishga ruxsat berilgan nikohlar qayd etilishi bilan izohlanadi. Lekin amaliyot aksariyat holatlarda erta nikoh yashirin tusga egaligini unutmasligimiz darkor.
Tahlillar erta nikoh holatlari asosan Urgut, Samarqand, Pastdargʻom, Kattaqoʻrgʻon, Denov, Shahrixon tumanlari, Namangan, Samarqand va Andijon shaharlarida koʻp qayd etilganini koʻrsatdi.
2020-yilda 1044 ta erta tugʻruq holati qayd etilgan boʻlib, 2019-yilga nisbatan 12,7 foizga kamaygan. Ammo hududlar kesimida tahlil qilinganda, erta tugʻruqlarning qariyb yarmi, yaʼni 43,1 foizi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ulushiga toʻgʻri keladi».