"O‘zgidromet" prognoziga ko‘ra, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. 

Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz, Navoiy va Buxoro viloyatida ham erta tong yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan. 

Ushbu oqimning harakatlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, shimoliy viloyatda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yuqorida 2 noyabrga o‘tar kechasidan kunduzgi soat 11.00 ga qadar respublikada kutilayotgan umumiy yog‘ingarchilik xaritasi tasvirlangan. Ushbu mahsulot milliy ''COSMO-CA'' model mahsuloti bo‘lib, qadam to‘ri 2,2 km. aniqlikdagi maydondagi vaziyatni ochib bergan.