“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, choʻl hududlarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.