Bugun 8-yanvar kuni Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 7-12 daraja iliqdan yuqori boʻlmaydi.

9-10-yanvar kunlari Oʻzbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat koʻtariladi. 9-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq boʻladi, 10-yanvarda harorat kechasi 5-8 daraja iliqqacha, kunduzi 15-18 daraja iliqqacha, janubiy hududlarda 20 daraja iliqqacha koʻtariladi. Kechasi va ertalab respublika boʻyicha tuman tushadi.

11-yanvarda mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Poytaxtimizda: bugun ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11 daraja iliq boʻladi.

9-10-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. 9-yanvarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 9-yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi, 10-yanvarda harorat kechasi 5-7 daraja iliqqacha, kunduzi 16-18 daraja iliqqacha koʻtarilishi kutilmoqda.

11-yanvarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.