Ertaga, 22-aprel kuni Oʻzbekiston boʻylab kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    “Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, ertaga koʻplab joylarda havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Faqat Toshkent shahri va vodiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    22-aprel kuni Toshkentda havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

    Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Samarqand viloyatida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻli hududlarida havo bulutli boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 2000 metrdan baland togʻli tumanlarda qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Muhim hodisalar

    21-23-aprel kunlari respublikamizning togʻoldi va togʻli tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

    21-22-aprel kunlari respublikamizning 2000 metrdan baland togʻli tumanlarida qor koʻchishi xavfi bor.