Ertaga abituriyentlar oʻzlari test topshiradigan binoni koʻrib ketishlari mumkin

    Ta'lim 11 Iyul 2025 672

    Maʼlumki shu yilning 14-iyul sanasidan OTMlarga kirish test sinovlari boshlanadi.

    Qayd etilishicha, 12-iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida koʻrsatilgan manzildagi oʻzlari test sinovida ishtirok etadigan binoga ) kelib, test sinovi oʻtkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

    Eslatib oʻtamiz, 2025-2026-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar boʻlib oʻtadi.

    Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, koʻrsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etish uchun pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

    Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.