Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq boʼladi.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʼronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq boʼladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Аyrim joylarda shamolning tezligi chang-boʼronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq boʼladi. 

Toshkent,  Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq boʼladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja iisiq boʼladi.  

Аndijon,  Namangan va Fargʼona viloyatlarida havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja iisiq boʼladi.

Respublikamizning togʼoldi va togʼli hududlarida havo biroz bulutli boʼladi, ayrim joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik boʼlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʼladi. 

Joriy yilning 17-22 iyul kunlari Oʼzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati: 

Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha; 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha; 

Fargʼona vodiysida 41-43 darajagacha koʼtariladi. Respublika boʼyicha Аyrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, baʼzi tumanlarda chang-boʼronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.