“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyati;

havo biroz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

Buxoro Navoiy viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

havo biroz bulutli boʻladi kechga tomon yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;

havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.