16-fevral kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir,qor) boʻladi. Gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

Muhim hodisalar

15-18-fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.