Ertaga baʼzi hududlarda yomgʻir yogʻadi

    “Oʻzgidromet” agentligining xabariga koʻra, ertaga Respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

    Qayd etilishicha,

    ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechgatomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.
    QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI;
    havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
    BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI;
    havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
    TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI;
    havo biroz bulutli boʻladi kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
    QASHQADARYO VILOYATI;
    havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
    SURXONDARYO VILOYATI;
    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
    ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI;
    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
    TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLAR;
    havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.