Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Toʻlovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajmlar uchun shartnoma berish jarayoni 16-yanvar kuni kuni soat 10:00da boshlanadi hamda GX-Midnight AT modifikatsiyasi uchun amalga oshiriladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalarni faqat onlayn — savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin. Kompaniya “Telegram”-boti bilan esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumot olish imkoni mavjud.

Shuningdek, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Murojaatlarni kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali yoʻllash mumkin.