Ertaga Damas D2 Style Plus uchun shartnoma ochiladi

    Avtomobillar narxi oʻzgarishsiz qolishi maʼlum qilingan.

    “Oʻzavtomotors”ning maʼlum qilishicha, ertaga, 23-aprel kuni soat 10:00 da Damas D2 Style Plus uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

    Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov belgilangan muddatga qadar amalga oshirilmasa, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, muntazam kontraktatsiyaga qayta qoʻyib borilishi eslatib oʻtildi.

    Xaridorlarga Damas modeli uchun avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan hajmlar yana qayta taqdim etiladi. 23-aprel kuni soat 10:00 da mazkur hajm uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

    Avtomobillar narxi oʻzgarishsiz qolishi maʼlum qilingan.

    Damas avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.