Bugun soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yoʻnalishlar boʻylab, shuningdek aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejmida ishlay boshladi.
Ayni paytda Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi meʼyori past ekani bois, ushbu hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.
Vazirlik avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni toʻgʻri tushunganliklari uchun minnatdorlik bildirib, iloji boʻlsa, zarur hollarda muqobil yoqilgʻi turi — AI-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini soʻragan.