Ertaga “sayyoralar qotili” Yerga yaqinlashadi

    Shu yilning 27-iyun kuni togʻ kattaligidagi asteroid Yerdan taxminan 93 000 km/soat tezlikda uchib oʻtadi. U sayyoramizga 125-yil ichida juda yaqin kelgan eng katta astiroidlardan biridir.

    SpaceReference.org maʼlumotlariga koʻra, kosmik toshning kengligi 1,7 dan 3,9 km.gacha boʻlib, Yerga yaqin asteroidlardan 99 foizga kattaroqdir.

    Qayd etilishicha, ushbu astiroid Yerga urilgan eng katta kosmik tosh “Vredefort” asteroididan kamida 10 baravar, 66 million yil oldin dinozavrlarni yoʻq qilgan toshdan esa taxminan besh baravar kichikdir.

    Ammo u Yerga kelib tushgan taqdirda, kontinental miqyosida zarar etkazishi va sezilarli darajada iqlim oʻzgarishiga olib kelishi, atmosferaga katta miqdorda chiqindi gazlarini chiqarishi mumkin. Shuning uchun u “sayyora qotili” deb nomlangan.

    Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu asteroid Yerga hozir ham, kelajakda ham hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Lekin ushbu asteroid 1900-yil mobaynida ilk bor sayyoramiz yaqinidan uchub oʻtgan 10 ta eng katta asteroidlardan biridir.